«Nyukasl» Baleba uchun 76 mln evro sarflashi mumkin
16 AVGUST, 2026, 17:06
«Nyukasl» «Arsenal»ga o'tib ketgan Bruno Gimaraesning o'rniga «Brayton» yarim himoyachisi Karlos Balebani nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, «qarg'alar» 22 yoshli kamerunlik futbolchini 65 million funt (76 million evro) evaziga sotib olishlari mumkin. Ta'kidlanishicha, oxirgi ikki mavsum davomida Balebani «Manchester Yunayted» ham kuzatib borayotgan edi, biroq ushbu yozda Andrey Santos xarid qilingach, mankunianliklarning unga bo'lgan qiziqishi pasaygan.
O'tgan mavsumda Baleba «Brayton» safida 35 ta o'yinda maydonga tushdi, ammo mahsuldor harakatlar (gol va assist) bilan ajralib turmadi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, uning bozor qiymati 55 million evroni tashkil etadi.
