Enrike: «Lans»ga qarshi kimlar o'ynashini bilish uchun ayolim bilan gaplashib olishim kerak»
16 AVGUST, 2026, 17:00
«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike 16 avgust kuni bo'lib o'tadigan Frantsiya Superkubogi doirasidagi «Lans»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Biz har doim loyihamizga va g'oyamizga eng munosib bo'lgan futbolchilarni qidiramiz. Ertaga mavsumdagi eng qiyin o'yinlardan birini o'tkazamiz — ajoyib stadionda «Lans»ga qarshi maydonga tushamiz. Mehmonda yana bir muhim trofeyni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. U erda o'ynash qanchalik murakkabligini bilamiz. Qolaversa, tayyorgarligimiz hali optimal darajada emasligi sababli bu mavsumning alohida payti hisoblanadi.
Tarkibda jiddiy rotatsiya kutiladimi? Raqibga shama qilishimni xohlaysizlarmi? Bilmadim… Kim maydonga tushishini bilish uchun avval ayolim bilan gaplashib olishim kerak», — dedi Enrike RMC Sport nashriga.
