«PSJ» murabbiyi: «Talablarimizga javob beradigan futbolchilarni topish juda qiyin»
16 AVGUST, 2026, 17:00
«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike klubning transfer bozoridagi siyosati haqida fikr bildirdi. Oldinroq parijliklar safini hujumchi Ferran Torres to'ldirgan edi.
«Hozir juda ko'pchilik «PSJ»ga o'tishni xohlaydi. Biroq bizning talablarimizga haqiqatan ham javob beradigan futbolchilarni topish juda murakkab. Ko'pchilikda bizning o'yin modelimiz uchun zarur bo'lgan sifatlar etishmaydi.
Jamoaga yangi o'yinchi kelishi ortida haqiqiy katta mehnat yotadi. «PSJ»da men turli tomonlar bilan muzokaralar olib borish uchun eng qulay pozitsiyadaman, ammo bu haqda faqat transfer oynasi yopilganidan so'ng batafsil gapira olaman», — dedi Enrike RMC Sport nashriga.
