logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

37 yoshli Vitsel «Nitstsa»ga o'tishga yaqin turibdi

 16 AVGUST, 2026, 16:48

«Zenit»ning sobiq yarim himoyachisi Aksel Vitsel faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

L’Équipe nashrining xabar qilishicha, «Nitstsa» 37 yoshli belgiyalik futbolchi bilan og'zaki kelishuvga erishdi. Tomonlar yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 1 yillik shartnomani muhokama qilishmoqda. Futbolchi dushanba kuni klub qarorgohiga etib kelishi kutilmoqda.

Vitsel «Jirona»dan ketganidan so'ng erkin agent maqomida bo'lib turgan edi. O'tgan mavsumda u Ispaniya chempionatida 32 ta o'yinda maydonga tushgan.

«Nitstsa» yarim himoyachisi Loran Aberjel tizzasidagi xochsimon paylari uzilib, safdan chiqqach, klub Vitsel transferi bo'yicha harakatlarni jadallashtirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ