logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Al-Hilol» yangi to'purar qidiradi

 16 AVGUST, 2026, 16:36

Karim Benzemaning «Al-Hilol» bilan tuzilgan shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Saudiya klubi yangi top-hujumchini sotib olish uchun frantsuz futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor. Benzemaning «Al-Hilol»dagi kelajagi jiddiy so'roq ostida qolmoqda, deb xabar beradi ijtimoiy tarmoqlarda indykaila News.

Manba ma'lumotiga ko'ra, «Al-Hilol» Benzema bilan shartnomani ikki tomonlama rozilik asosida bekor qilishi mumkin. Klub boshqa kuchli hujumchi bilan kelishuvga erishsagina ushbu qadamni tashlaydi. Buning sabablaridan biri — «Galatasaroy» forvardi Viktor Osimxenga bo'layotgan qiziqishdir.

Benzema «Al-Ittihod»dan ketgach, 2026 yilning fevral oyida rasman «Al-Hilol»ga o'tgan edi. U professional faoliyatini «Lion»da boshlagan, so'ng 2009 yilda «Real Madrid» bilan shartnoma imzolab, u erda 14 mavsum o'tkazdi va 25 ta sovrin, jumladan 5 ta Chempionlar Ligasi titulini qo'lga kiritdi. 2022 yilda Benzema «Oltin to'p»ga sazovor bo'ldi. 2023 yilning yozida u Madridni tark etib, faoliyatini «Al-Ittihod»da davom ettirdi va «Al-Hilol»ga o'tishdan oldin ushbu klub bilan Saudiya Arabistoni chempionati va Kubogini qo'lga kiritdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ