Stounz "Inter" bilan Chempionlar ligasini yutishni maqsad qildi
16 AVGUST, 2026, 16:30
"Inter"ning yangi himoyachisi Jon Stounz Milan klubidagi asosiy maqsadlari haqida gapirdi. 32 yoshli angliyalik futbolchi Italiyada yangi o'yin uslubiga moslashish va "neradzurrilar" bilan katta sovrinlarni qo'lga kiritishni istashini ta'kidladi. Stounz "Inter" bilan 2028 yil yozigacha shartnoma imzolagan.
"Biz klub tarixida yangi sahifalar ochmoqchimiz. A Seriya juda murakkab chempionat, bu erda Chempionlar ligasi yo'llanmalari uchun kurashadigan kuchli jamoalar ko'p. Bu chaqiruvdan xursandman va o'zim o'rganmagan yangi o'yin uslubini sinab ko'rishni xohlayman.
Chempionlar ligasini yutish? So'nggi yillarda jamoa ikki marta finalga chiqdi va doimo oxirigacha kurashdi. Bu turnirda g'alaba qozonish har doim bizning maqsadimiz ekanini bilaman. Biz bu sovrinni "Inter" muxlislariga qaytarishni xohlaymiz", dedi Stounz.
"Inter" so'nggi yillarda ikki marta Chempionlar ligasi finaliga etib borgan. Milanliklar 2023 yilgi hal qiluvchi bahsda Stounzning sobiq klubi "Manchester Siti"ga 0:1 hisobida, 2025 yilda esa "PSJ"ga 0:5 hisobida mag'lub bo'lgan.
Stounz "Manchester Siti"da 10 mavsum o'tkazib, 295 ta o'yinda 19 ta gol urgan va 20 ta yirik sovrinni qo'lga kiritgan. Angliyalik himoyachi "Inter"dagi debyutini "Betis"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazdi va g'alaba golini kiritdi.
