«Galatasaroy»ga sifatli hujumchilar etishmayapti
16 AVGUST, 2026, 16:30
«Galatasaroy» Noa Langni jamoaga jalb etishni istamoqda.
Avval xabar berganimizdek, Istambul klubi o'z safida yarim mavsum o'tkazgan niderlandiyalik futbolchini qaytarishga kutilmaganda qaror qildi va bu masala bo'yicha «Napoli» bilan yana aloqaga chiqmoqda.
Turkiya klubi bosh murabbiyi Okan Buruk ham Langga qiziqish borligini tasdiqladi.
«Bizga hujum guruhidagi sifatli futbolchilar etishmayapti. Biz zudlik bilan hujumkor yarim himoyachi, hujumchi va vinger bilan tarkibni kuchaytirishimiz kerak.
Ushbu transferlar rasmiylashtirilganidan so'ng, kelajakka ancha katta optimizm bilan qaraymiz. Umid qilamizki, bu bir hafta ichida amalga oshadi", — deya Burukning so'zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.
