logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Delap uchun kurashda peshqadam klub nomi ma'lum bo'ldi

 16 AVGUST, 2026, 16:24

«Chelsi» hujumchisi Liam Delap «Everton»ga o'tishi mumkin.

TEAMtalk xabariga ko'ra, «Everton» 23 yoshli futbolchining transferi bo'yicha «Chelsi» bilan muzokaralar o'tkazib bo'lgan. London klubi oradan bir yil o'tib jamoa rejalariga kirmay qolgan Delapni 46,8 million evro (40 million funt) evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Ta'kidlanishicha, «Everton» forvard uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda, biroq unga «Manchester Yunayted», «Nottingem Forest» va «Nyukasl» kabi klublar tomonidan bo'layotgan raqobatda engib chiqish oson bo'lmaydi.

O'tgan mavsumda Delap barcha turnirlarni hisobga olgan holda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ