logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Manchester Yunayted» mavsum boshlanishi oldidan tarkib muammolariga duch keldi

 16 AVGUST, 2026, 16:06

«Manchester Yunayted» mavsumlarora tayyorgarlikni «Milan»ga 2:4 hisobida yutqazib yakunladi. APLning yangi mavsumi starti oldidan manchesterliklar tarkibida bir qator jarohatlar mavjud.

Mateus Kunya «Milan» bilan o'yinda engil jarohat oldi, ammo 22 avgust kuni «Xall Siti»ga qarshi bahsga tayyor bo'lishi kutilmoqda. Oyog'idan jarohat olgan Meyson Maunt ham ushbu o'yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin. Karl Darlou ham «Xall»ga qarshi o'yingacha safga qaytishi kutilmoqda.

Benyamin Sheshko 30 avgustdagi «Ipsvich»ga qarshi o'yinda, Tom Xiton esa 6 sentyabrda «Everton» bilan bahsda maydonga qaytishi kutilmoqda. Matteys de Ligt operatsiyadan so'ng maydonda mashg'ulotlarni boshlagan, ammo qachon o'ynashi hozircha noma'lum. Tizzasidan jiddiy jarohat olgan Manuel Ugarte esa mavsumning katta qismini o'tkazib yuboradi va faqat 2027 yilda maydonga qaytishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ