logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Arsenal»ning sobiq himoyachisi faoliyatini yakunladi

 16 AVGUST, 2026, 16:00

«Arsenal» va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Karl Jenkinson 34 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Futbolchining so'nggi klubi «Bromli» bo'ldi. U 2025/26 yilgi mavsum oxirida jamoani tark etgan edi.

«Charlton»dagi bolalik yillarimdan tortib, «Bromli»dagi so'nggi o'yinimgacha — mening yo'limning bir qismi bo'lgan barchaga rahmat. 8 yoshimdan beri futbol mening hayotim edi. U menga ko'p narsa berdi, men ham unga bor vujudimni bag'ishlab xizmat qildim», — deb yozdi Jenkinson ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Jenkinson 2011 yildan 2019 yilgacha «Arsenal» sharafini himoya qilib, barcha turnirlarda 70 ta o'yinda maydonga tushgan. 2012 yilda u Angliya terma jamoasi libosida o'zining yagona o'yinini o'tkazgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ