Arteta: «Bu «Arsenal» va shaxsan mening darajamni oshiradi»
16 AVGUST, 2026, 15:54
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Premer-ligaga yangi kuchli murabbiylarning kelishi jamoa va uning o'zi rivojlanishiga yordam berishini ta'kidladi.
Ushbu mavsumda APLning 9 ta klubi bosh murabbiyini o'zgartirdi. Ular orasida Entso Mareska boshqaruviga o'tgan «Manchester Siti» va Xabi Alonso qo'l ostidagi «Chelsi» ham bor.
«Ligaga bir qancha yangi va ajoyib murabbiylar keldi. Biz bu erda shusiz ham juda ko'p tajribali va ajoyib mutaxassislar ishlayotganini bilamiz.
Har hafta ularga qarshi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish juda qiyin. Bu, shubhasiz, «Arsenal»ning va shaxsan mening darajamni oshiradi, biz yanada yaxshiroq bo'lishga harakat qilamiz.
Har bir klubning o'z kuchli tomonlari bor. Kimdadir bu oxirgi 10 yil ichida qancha unvon yutib olgani bilan, kimdadir tarkib, yana kimdadir esa sarflangan mablag' bilan bog'liq.
Biz o'z kuchli tomonlarimizni bilamiz. Ular oxirgi 4-5 yil davomida barqaror o'yin ko'rsatganimiz bilan bog'liq. Ammo biz yanada yaxshiroq bo'la olamiz va aynan shunga e'tiborimizni qaratganmiz.
Siz buni barqarorlik deb ataysiz, lekin men shunchaki barqaror bo'lishni xohlamayman. Men yanada yaxshiroq bo'lishni va yanada ambitsiyaliroq bo'lishni istayman», — dedi Arteta.
«Arsenal» bugun Angliya Superkubogi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.
