Ouen «Real»ga nega Xolandni sotib olish shart emasligini tushuntirib berdi
16 AVGUST, 2026, 15:48
«Liverpul» va «Real»ning sobiq hujumchisi Maykl Ouen «Manchester Siti» forvardi Erling Xolandning Madrid klubiga ehtimoliy transferi haqida o'z fikrini bildirdi.
«Xolandning «Real»ga transferi? Hozirdanoq Vinisius Junior va Mbappe birga o'ynay olishi yoki olmasligi haqida bahslashishmoqda, chunki Mbappe bevosita chap qanotda harakat qilishni yoqtiradi. Endi tasavvur qiling, agar Mbappe va Xoland bir jamoada o'ynasa, ularni qanday qilib birlashtirish mumkin? Mbappeni yana chap qanotga qo'yasizmi? Menimcha, bu erda tanlov qilish kerak — yo Mbappe, yoki Xoland», — dedi Ouen.
