logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Liverpul» «Real»ning qiziqishi fonida Mak Allister bo'yicha o'z pozitsiyasini ma'lum qildi

 16 AVGUST, 2026, 15:42

Madridning «Real», shuningdek «Manchester Siti», «Chelsi» va «Tottenxem» klublari shu yozda «Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Mak Allisterga qiziqish bildirishgan. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manba xabariga ko'ra, mersisaydliklar argentinalik futbolchini jamoada olib qolmoqchi va shu sababli yil oxirida u bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirishmoqda. 27 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Shuningdek, «Liverpul» Transfermarkt’dagi bozor bahosi 70 million evro bo'lgan Mak Allister uchun 100 million evro narx belgiladi.

Futbolchining o'zi ham yangi bosh murabbiy Andoni Iraola qo'lostida «Liverpul»dagi faoliyatini davom ettirishni va mersisaydliklarning yangi loyihasida etakchiga aylanishni istamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ