«Barselona» Joan Gamper Kubogi bahsiga qadar Rodri transferini yakunlamoqchi
16 AVGUST, 2026, 15:36
«Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining transferi Joan Gamper Kubogi doirasidagi o'yingacha hal bo'lishiga umid qilmoqda. Bu haqda Barça Universal nashri jurnalist Nil Soluga tayanib xabar bermoqda.
Kataloniya klubi 30 yoshli futbolchi Misrning «Al-Ahli» klubiga qarshi kechadigan bahsdayoq jamoa safida bo'lishini istamoqda.
Uchrashuv 19 avgust kuni qayta ta'mirdan chiqqan «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tadi. O'yin oldidan «Barselona»ning yangi mavsum uchun qaydnomasi va tarkibi muxlislarga rasman tanishtiriladi.
Oldinroq «Barselona» «Manchester Siti»ga Rodri uchun bonuslar bilan birgalikda umumiy qiymati 70 million evro atrofidagi uchinchi taklifni yuborgani va muzokaralar yakuniy bosqichda ekani xabar qilingan edi.
