logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Yuventus» Emiliano Martines uchun 7 mln evro va yana 3 mln bonus taklif qildi

 16 AVGUST, 2026, 15:30

«Yuventus» «Aston Villa»ga darvozabon Emiliano Martinesning transferi bo'yicha yangi taklif bilan chiqdi, deb xabar bermoqda The Athletic.

Turin klubi 7 million evro va jamoaning natijalariga bog'liq bo'lgan yana 3 million evro bonus to'lashga tayyor. Angliyaliklar esa argentinalik posbon uchun kafolatlangan 10 million evro olmoqchi, biroq tomonlarning pozitsiyalari sekin-asta yaqinlashmoqda.

33 yoshli argentinalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishish muammo tug'dirmaydi. Uning «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Martines bo'yicha muzokaralar fonida Birmingem klubi «Parma» darvozaboni Zion Sudzukini taxminan 30 million evroga sotib olishni ko'rib chiqmoqda.

O'tgan mavsumda Martines barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, «Aston Villa»ga APLda to'rtinchi o'rinni egallashga va Evropa Ligasida g'olib chiqishga yordam berdi. Jahon chempionatida u Argentina terma jamoasining barcha 8 ta uchrashuvida o'ynadi (jamoa finalda Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi).

Argentinalik posbon 2020 yildan beri «Aston Villa» sharafini himoya qilib kelmoqda va klub safida 256 ta o'yin o'tkazgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ