logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Manchester Siti» «Barselona»ning Rodri bo'yicha navbatdagi taklifini rad etdi

 16 AVGUST, 2026, 15:30

«Manchester Siti» «Barselona»ning 30 yoshli yarim himoyachi Rodri transferi bo'yicha bergan so'nggi taklifini qabul qilmadi.

Marca nashri ma'lumotlariga ko'ra, Kataloniya klubi ispan futbolchisi uchun 60 million evro hamda yana 10 million evro bonus sifatida taklif qilgan. Biroq «shaharliklar» bu summaga rozi bo'lishmadi — ular bonuslarni hisobga olgan holda jami 80 million evro olishni istashmoqda.

Shunga qaramay, tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda va jarayonga optimistik ruhda qarashmoqda. Klublar yaqin kunlarda o'zaro kelishuvga erishishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ