Kanselu «Barselona»ga qaytish uchun «Al-Hilol» bilan shartnomani bekor qilishi mumkin
16 AVGUST, 2026, 15:24
Joau Kanselu «Barselona»ga qaytishga juda yaqin turibdi. 32 yoshli himoyachi «Al-Hilol» rahbariyati bilan shartnomani bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano va Saudiya Arabistoni OAVlari xabar bermoqda.
Kataloniya klubi portugaliyalik futbolchining yaqin kunlar ichida jamoaga kelib qo'shilishini kutmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kanselu o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini «Barselona»da ijara asosida o'tkazgan edi. Shuningdek, u 2023/24 yilgi mavsumda ham «Manchester Siti»dan ijaraga olinib, «blaugrana» sharafini himoya qilgan.
