logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Lill» bosh murabbiyi Buaddi bo'yicha muzokaralar ketayotganini tasdiqladi

 16 AVGUST, 2026, 15:24

«Lill» bosh murabbiyi Davide Anchelotti klub 18 yoshli yarim himoyachi Ayyub Buaddining transferi bo'yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.

Ilgariroq The Telegraph nashri «Manchester Siti» ushbu futbolchining transferi ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edi. «Lill» futbolchini sotishni xohlamayapti va u uchun kamida 85 million funt (atrofida 100 million evro) talab qilmoqda. Marokashlik futbolchi «shaharliklar» bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani xabar qilingan.

«Albatta, muzokaralar ketamoqda. Unga juda ko'plab klublar tomonidan qiziqish bor. U juda-juda yaxshi o'yinchi va u biz bilan qolishiga umid qilaman.

Uni nima ayricha qiladi? U juda kuchli xarakter egasi. Maydonda ham, undan tashqarida ham benihoya oqilona harakat qiladi va juda ulg'aygan. U 18 yoshda, ammo maydonda o'zini xuddi 32 yoshdagidek tutadi.

Texnik jihatdan u juda ko'p qirrali. Shuningdek, jismonan kuchli va yakkakurashlarda juda yaxshi harakat qiladi. U yaqin o'n yillikda Evropaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri bo'ladi», — dedi Anchelotti.

O'tgan mavsumda Buaddi Liga 1 doirasida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ