Tel «Tottenxem»da nimalar o'zgarganini aytib berdi
16 AVGUST, 2026, 15:18
«Tottenxem» hujumchisi Matis Tel o'tgan yilgiga nisbatan mavsumlarora tayyorgarlikdagi asosiy farqlar haqida fikr bildirdi.
«Asosiy farq — bu energiya. O'tgan yili bizga bu narsa etishmayotgan edi, ammo endi maydonda shu energiyani his qilyapmiz. Murabbiy doimo biz bilan, bizni qo'llab-quvvatlaydi. Biz buni maydonda ham, undan tashqarida ham ko'rib turibmiz. Biz — bir butunmiz. Men juda baxtiyorman va yangi mavsumni intiqlik bilan kutyapman», — dedi Tel.
Angliya Premer-ligasining birinchi turida Roberto De Dzerbi shogirdlari safarda «Brentford»ga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv 22 avgust, shanba kuni bo'lib o'tadi.
