«Real» Tchuamenini faqat katta summa evaziga qo'yib yuborishga tayyor
16 AVGUST, 2026, 15:18
Madridning «Real» klubi shu yozda Orelen Tchuamenini sotishni rejalashtirmayapti. Ammo rad etib bo'lmaydigan darajadagi katta taklif tushsa, klub o'z pozitsiyasini qayta ko'rib chiqishi mumkin. Bu haqda Madrid Universal xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, «Manchester Yunayted» yarim himoyachi atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Tchuameni sotilgan taqdirda, uning o'rnini bosish uchun asosiy nomzod sifatida «Kristal Pelas» a'zosi Adam Uorton ko'rilmoqda. Biroq Uortonning transferi hozirda «qirollik klubi» uchun ustuvor vazifa emas.
O'tgan mavsumda 26 yoshli Tchuameni barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi, 2 ta golli uzatma berdi va 11 ta sariq kartochka oldi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 70 million evroga baholamoqda.
22 yoshli Uortonning bozor qiymati ham aynan shunchani tashkil etadi. U 53 ta o'yinda 1 ta gol urib, 7 ta rezultativ uzatmaga mualliflik qildi hamda 7 marotaba ogohlantirish oldi.
