logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Fenerbaxche» Bayno-Gittens transferi bo'yicha bayonot berdi

 16 AVGUST, 2026, 15:12

Londonning «Chelsi» klubi vingeri Djeymi Bayno-Gittens «Fenerbaxche»ning qiziqishlari doirasiga kirmaydi. Bu haqda Turkiya klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.

«Ommaviy axborot vositalarida paydo bo'lgan «Fenerbaxche»ning Bayno-Gittensga qiziqishayotgani haqidagi ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Soxta transfer xabarlari orqali «Fenerbaxche» nomidan foydalanishga bo'lgan urinishlar hech qanday natija bermasligini aniq ta'kidlaymiz», — deyiladi klub xabarida.

O'tgan mavsumda 22 yoshli Bayno-Gittens barcha musobaqalarni hisobga olganda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta rezultativ uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ