logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Yuventus» Trubinga bo'lgan qiziqishini saqlab qolmoqda

 16 AVGUST, 2026, 15:12

«Benfika» darvozaboni Anatoliy Trubin «Yuventus»ga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, Turin klubi ilgari portugaliyaliklar tomonidan so'ralgan 30 million evroni to'lashdan bosh tortgan bo'lsa-da, Trubin hali ham ularning transfer ro'yxatida turibdi. Futbolchining o'zi ham «Benfika»ning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotgani sababli klubni tark etishga tayyor.

Yangi mavsumda 25 yoshli darvozabon Evropa Ligasi saralashi doirasida 2 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol o'tkazib yubordi. Joriy mavsumdagi qolgan uchta uchrashuvda esa u zaxira o'rindig'ida qoldi.

Trubinning «Benfika» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ukrainalik posbonning bozor qiymatini 25 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ