logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Real» Mourinyuning ikki transfer istagini bajara olmadi

 16 AVGUST, 2026, 14:12

Madridning «Real» klubi bosh murabbiy Joze Mourinyu bildirgan transfer istaklarining ikkitasini amalga oshira olmadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatidan jami etti nafar yangi futbolchi olib kelishni so'ragan. Ularning beshtasi bo'yicha transferlar amalga oshirilgan bo'lsa, chap oyoqli markaziy himoyachi va tayanch yarim himoyachi pozitsiyalari hali ham ochiq masala bo'lib qolmoqda.

Xabarda aytilishicha, «Real» transfer bozoriga faqat jamoadan kimdir ketgan taqdirdagina yana qaytishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyu joriy yil yozida «Benfika»dan «Real»ga qaytgan edi. U avval ham 2010–2013 yillar oralig'ida Madrid klubini boshqargan va shu davrda jamoa bilan Ispaniya chempionligiga erishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ