logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona» va Mark Bernal uzoq muddatli shartnoma imzolaydi

 16 AVGUST, 2026, 13:54

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal yaqin orada Ispaniya grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda mashhur insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, kataloniyaliklarning 19 yoshli tarbiyalanuvchisi bilan tuziladigan yangi kelishuv 2031 yilgacha mo'ljallanadi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilda o'z nihoyasiga etadi.

O'tgan mavsumda Bernal barcha turnirlarni hisobga olgan holda 33 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi 5 ta gol urishga va 1 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Bernalning bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ