Mark Bernal «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolash arafasida
16 AVGUST, 2026, 13:54
«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal yaqin vaqt ichida klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, 19 yoshli futbolchining yangi mehnat shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. Hozirgi bitim esa 2029 yilga qadar mo'ljallangan.
«Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Bernal o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi 5 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Mark Bernalning bozor qiymati 30 million evroga baholanmoqda.
