"Galatasaroy" Ez Abdeni Martinelliga muqobil variant sifatida ko'rmoqda
16 AVGUST, 2026, 13:48
"Galatasaroy" "Real Betis" vingeri Ez Abdeni hujum chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida belgilab oldi. Bu haqda Estadio Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Turkiya chempioni "Arsenal" futbolchisi Gabriel Martinellini xarid qila olmasa, marokashlik vingerga jiddiy e'tibor qaratadi.
"Galatasaroy" Abdega hozirgi maoshidan ancha yuqori ish haqi taklif qilishi mumkin. Biroq "Betis" futbolchi bo'yicha muzokara olib borishni istamayapti va faqat uning shartnomasida ko'rsatilgan 60 mln evrolik tovon puli to'langan taqdirdagina transferni ko'rib chiqadi.
Xabarlarga ko'ra, "Galatasaroy" vakillari Abdening atrofidagilar bilan allaqachon bog'langan. Biroq futbolchining o'zi Ispaniyada qolishni afzal ko'rmoqda.
Uning agenti Antonio Kaamano ma'lum qilishicha, Abde "Betis" safida o'z o'rnini mustahkamlash va Chempionlar ligasida ishtirok etishni istaydi.
Ez Abde 2023 yilda "Barselona"dan "Real Betis"ga o'tgan. Uning Andalusiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan.
