"Real" tizimidagi hujumchi Ispaniyani tark etib, Liviya chempionatiga yo'l oldi
16 AVGUST, 2026, 13:42
"Real Madrid Kastilya" hujumchisi Loren Suniga faoliyatini Liviya chempionatida davom ettiradi. 23 yoshli futbolchi "Al-Madina" klubiga doimiy transfer asosida o'tdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Suniga yangi jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Shu tariqa, u 2024 yildan beri to'p surib kelayotgan "Real" farm-klubini tark etdi.
Suniga avval "Malaga" akademiyasida tarbiyalangan va klubning asosiy jamoasida ham maydonga tushgan. Keyinchalik u "Real Madrid C" safida o'ynab, 2024 yilda "Kastilya"ga ko'tarilgan.
Ispaniyada tug'ilgan futbolchi avval Ispaniya U19 terma jamoasi sharafini himoya qilgan, keyin esa Ekvatorial Gvineya milliy jamoasini tanlagan. Suniganing ketishi ortidan "Kastilya" markaziy hujumchi pozitsiyasi uchun yangi variant qidirmoqda.
