Gabriel "Manchester Siti" bilan o'yin oldidan "Arsenal"ning maqsadini aytdi
16 AVGUST, 2026, 13:24
"Arsenal" himoyachisi Gabriel Magalyayns Angliya Superkubogida "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi. Braziliyalik futbolchining ta'kidlashicha, o'tgan mavsumda APL chempionligini qo'lga kiritgan "kanonirlar" erishilgan natija bilan cheklanib qolmoqchi emas.
"Biz yanada ko'prog'ini xohlaymiz. Har bir sovrin uchun kurashmoqchimiz va yangi mavsumga tayyormiz", dedi Gabriel. U Mikel Arteta jamoasidagi asosiy ruhni bir so'z bilan "ishtiyoq" deb ta'rifladi.
28 yoshli himoyachining so'zlariga ko'ra, jamoa hali ko'p jihatlarni yaxshilashi kerak, biroq "Arsenal" o'z imkoniyatlariga ishonadi. Londonliklar yangi mavsumda beshta sovrin uchun kurashish imkoniyatiga ega va Gabriel jamoa barcha turnirlarda maksimal natijani ko'zlashini ta'kidladi.
"Arsenal" va "Manchester Siti" Angliya Superkubogi uchun Kardiffdagi "Prinsipaliti" stadionida to'qnashadi. "Kanonirlar" bahsga amaldagi Premer-liga chempioni, "Siti" esa Angliya kubogi sohibi sifatida yo'llanma olgan. Uchrashuv 16 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
