logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Braga»da ommaviy infektsiya: «Jil Visente»ga qarshi o'yin qoldirildi

 16 AVGUST, 2026, 13:18

Portugaliya chempionatining 2-turidan o'rin olgan «Braga» va «Jil Visente» o'rtasidagi 16 avgust kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan o'yin qoldirildi. Bunga «Braga» futbolchilari orasida oshqozon-ichak infektsiyasi tarqalgani sabab bo'ldi.

Jamoa matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan bayonotda aytilishicha, xastalik jamoaning evrokubok o'yini uchun Bolgariyaga qilgan safari chog'ida tarqala boshlagan. Oxirgi bir necha soat ichida vaziyat yanada yomonlashdi.

Hozirda «Braga» tasarrufida faqat 3 ta darvozabon va 7 ta maydon o'yinchisi qolmoqda. Shu sababli klub Portugaliya chempionati rahbariyati hamda «Jil Visente» bilan bog'landi. Tomonlar uchrashuvni qoldirish bo'yicha bir qarorga kelishdi. Bahsning yangi sanasi keyinroq ma'lum qilinadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ