logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Markus Reshford 611 kundan so'ng yana «Manchester Yunayted» safida maydonga tushdi

 16 AVGUST, 2026, 13:12

«Manchester Yunayted» vingeri Markus Reshford roppa-rosa 611 kunlik tanaffusdan so'ng ilk bor mankunianliklar safida maydonga tushdi.

U «Milan»ga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yinining (2:4) 61-daqiqasida Patrik Dorgu o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.

Reshford «Manchester Yunayted» tarkibida oxirgi marta 2024 yilning dekabr oyida Evropa Ligasi doirasida «Viktoriya Plzen»ga qarshi o'yinda maydonga tushgan edi. Shundan so'ng u dastlab «Aston Villa»ga ijaraga berildi, 2025/26 yilgi mavsumni esa «Barselona» safida o'tkazdi. Kataloniya klubidagi ijara muddati yakunlangach, Reshford yana «Manchester Yunayted»ga qaytdi.

O'tgan mavsumda vinger barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ