logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

WhoScored La Liganing mavsum ramziy jamoasini tuzdi — Yamal eng yuqori bahoga ega

 16 AVGUST, 2026, 13:06

WhoScored statistik portali 2025/26 yilgi La Liga mavsumi yakunlari bo'yicha o'rtacha reytinglar asosida ramziy jamoani tuzdi.

Reytingda eng yuqori ko'rsatkich "Barselona" vingeri Lamin Yamalga tegishli — 8,23 ball. "Real" hujumchisi Kilian Mbappe 7,70 ball bilan keyingi eng yuqori natijani qayd etgan. Uning jamoadoshi Vinisius Junior 7,35 ball olgan.

"Barselona"dan Yamaldan tashqari Pedri (7,25) va darvozabon Joan Garsiya (7,09) ham ramziy tarkibga kiritilgan. "Real"dan esa Mbappe, Vinisius va Jud Bellingem (7,24) joy olgan.

La Liganing mavsum ramziy jamoasi:

Joan Garsiya — Andrey Ratsiu, Florian Lejyon, Kike Salas, Karlos Romero — Lamin Yamal, Pedri, Jud Bellingem, Abde Ezzalzuli — Kilian Mbappe, Vinisius Junior.

Shu tariqa, ramziy jamoada "Barselona" va "Real"dan uchtadan futbolchi o'rin olgan. "Rayo Valekano"dan ikki, "Sevilya", "Espanol" va "Betis"dan esa bittadan vakil tanlangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ