logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Marokash terma jamoasi a'zosining «Real Sosedad»ga transferi barbod bo'ldi

 16 AVGUST, 2026, 13:00

«Marsel» himoyachisi Nayef Agerdning «Real Sosedad»ga transferi tibbiy ko'rikdan so'ng amalga oshmay qoldi. Marokash terma jamoasining 30 yoshli futbolchisi chov jarohati sababli mart oyidan beri maydonga tushmadi va shu bois 2026 yilgi Jahon chempionatini ham o'tkazib yubordi.

«Menda o'zim juda hurmat qiladigan va mehr qo'ygan klub — «Real Sosedad»ga qaytish imkoniyati paydo bo'lgan edi.

Murabbiy Pellegrino Mataratstso bilan suhbatdan so'ng, menda u bilan tiklanish bayonotnomamni (protokolini) muhokama qilish imkoni bo'ldi. Keyinchalik bu masala klublar o'rtasidagi muzokaralar vaqtida chetga surib turildi. Mening tibbiy ko'rigim mukammal o'tdi va ikkala klub tomonidan ham tasdiqlandi. Shu bois hech qanday tibbiy muammo bo'lmagan.

Yagona masala sport formamni eng yaxshi holatda tiklab olishim uchun zarur bo'lgan bosqichma-bosqich qaytish bilan bog'liq edi, ammo murabbiy mening hoziroq maydonga tushishga tayyor bo'lishimni xohladi.

Men uning pozitsiyasini to'liq hurmat qilaman. Shu sababli, bu erda hech qanday injiqlik yoki «Real Sosedad»ga va boshqa biror kimga hurmatsizlik haqida gap ketayotgani yo'q. Bu shunchaki o'z sog'lig'imni asrash va hamma kutganidek to'liq mavsum o'tkazish uchun qabul qilingan mas'uliyatli qarordir», — deb yozdi Agerd.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ