logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Yuventus" Niko Gonsales uchun "Atletiko"dan katta summa talab qilmoqda

 16 AVGUST, 2026, 13:00

"Yuventus" qanot hujumchisi Niko Gonsalesning "Atletiko"ga doimiy transferi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Argentinalik futbolchi o'tgan mavsumni Madrid klubida ijara asosida o'tkazgan va Diego Simeone jamoasiga qaytishni istamoqda.

Tomonlar o'rtasidagi avvalgi kelishuvda 32 million evrolik majburiy sotib olish bandi mavjud edi. Ammo uning faollashishi uchun belgilangan shartlar bajarilmagan. "Atletiko" bu miqdorni to'lashni istamayapti va transferni arzonroq summaga amalga oshirishga harakat qilmoqda.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, "Yuventus" hozir Gonsales uchun taxminan 25–30 million evro talab qilmoqda, "Atletiko"ning taklifi esa 20–22 million evro atrofida. Shu sabab klublar hozircha yakuniy kelishuvga erisha olgani yo'q.

28 yoshli argentinalikning Transfermarkt'dagi bozor qiymati 22 million evro deb baholangan. Uning "Yuventus" bilan shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ