logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Nyukasl» og'ir yo'qotishga uchradi

 16 AVGUST, 2026, 12:54

«Nyukasl» bosh murabbiyi Mattias Yayssle markaziy yarim himoyachi Joelinton jarohat olgani va bir necha haftani o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.

«Joelinton, ming afsuski, jarohat oldi. Vaziyatga qaraganda, u bir necha haftaga safdan chiqdi. Bu muammoni imkon qadar tezroq hal qilishimiz kerak.

U dastlabki haftalarni aniq o'tkazib yuboradi, ammo barcha tafsilotlar keyinroq taqdim etiladi», — dedi Yayssle.

«Nyukasl» Premer-liganing 2026/27 yilgi mavsumini o'z maydonida «Liverpul»ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Jamoalar chempionatning 1-turi doirasida 23 avgust kuni «Sent-Djeyms Park»da to'qnash kelishadi.

O'tgan mavsumda Joelinton 42 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ