Fabritsio Romano: «Barselona» Luis Suares uchun 80 mln evro to'lamoqchi emas
16 AVGUST, 2026, 12:54
«Sporting» hujumchisi Luis Suares Kataloniya klubi tomonidan qiziqish bo'lishiga qaramay, «Barselona»ga o'tishi dargumon.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Barselona» Suaresning shartnomasidagi 80 million evrolik tovon puli optsiyasini faollashtirmoqchi emas, chunki bu narxni haddan tashqari yuqori deb hisoblaydi. o'z navbatida, «Sporting» ham hech qanday chegirma qilishni rejalashtirmayapti. Luis Suares Portugaliyada qolishi kutilmoqda.
O'tgan mavsumda 28 yoshli kolumbiyalik hujumchi barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Suaresning bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi.
