logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Niko Elvedi APLga yo'l olmoqda

 16 AVGUST, 2026, 12:48

Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Elvedi faoliyatini «Lids»da davom ettiradi.

Bitim summasi 10 million evro va keyingi sotuvdan 15 foizni tashkil etadi.

Hozirda tomonlar kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishni yakunlashmoqda, 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydigan futbolchining o'zi esa tibbiy ko'rikka tayyorgarlik ko'rmoqda.

Eslatib o'tamiz, Shveytsariya terma jamoasi a'zosi 2015 yilning yozida klub tizimiga kelib qo'shilgan edi — o'shandan beri u asosiy jamoa tarkibida 364 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Niko ushbu mavsumlararo tanaffusda «Lids»ning to'rtinchi yangi xaridiga aylanadi — bungacha jamoaga Garri Uilson (erkin agent), Tarik Muxaremovich (37 mln) va Jeyms Trafford (46,7 mln) kelib qo'shilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ