logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

London klubi «Atalanta» himoyachisi bilan kuchaymoqchi

 16 AVGUST, 2026, 12:48

Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, «Atalanta»ning o'ng qanot himoyachisi Raul Bellanova ushbu mavsumlararo tanaffusda klubini o'zgartirishi mumkin.

26 yoshli futbolchiga bir qancha Italiya va xorij klublari, jumladan, futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan «Fulxem» ham qiziqish bildirmoqda.

«Atalanta» qancha summa talab qilayotgani noma'lum. Ikki yil avval uning «Torino»dan transferi bergamoliklarga 20 million evroga tushgan edi.

O'shandan beri Raul 79 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ilgari u «Inter», «Kalyari», «Peskara», «Bordo» va «Milan» klublarida ham to'p surgan.

Eslatib o'tamiz, hozirda «Fulxem» tarkibida ikkita nominal o'ng qanot himoyachisi bor — Timoti Kastan (o'tgan mavsumda 36 ta o'yinda 1 ta assist) va Kenni Tete (23 ta o'yinda 1 ta gol).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ