logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

APL klublarining tarkib qiymati: "Manchester Siti" etakchi, "Arsenal" ikkinchi

 16 AVGUST, 2026, 12:36

Transfermarkt ma'lumotlari asosida Angliya Premer-ligasi klublarining tarkib qiymati bo'yicha reytingi tuzildi. Unga ko'ra, "Manchester Siti" 1,47 milliard evro bilan birinchi o'rinni egallagan.

Ikkinchi o'rinda "Arsenal" — London klubi futbolchilarining umumiy bozor qiymati 1,41 milliard evroga baholangan. Kuchli uchlikni 1,37 milliard evro ko'rsatkich bilan "Chelsi" yakunlab bergan.

Keyingi o'rinlarda "Liverpul" — 979 mln evro, "Tottenxem" — 920 mln evro va "Manchester Yunayted" — 874 mln evro joylashgan.

Klublarning umumiy tarkib qiymati:

"Manchester Siti" — 1,47 mlrd evro "Arsenal" — 1,41 mlrd evro "Chelsi" — 1,37 mlrd evro "Liverpul" — 979 mln evro "Tottenxem" — 920 mln evro "Manchester Yunayted" — 874 mln evro "Brayton" — 619 mln evro "Bornmut" — 572 mln evro "Nyukasl" — 567 mln evro "Brentford" — 565 mln evro "Aston Villa" — 530 mln evro "Nottingem Forest" — 517 mln evro "Kristal Pelas" — 504 mln evro "Everton" — 459 mln evro "Lids" — 426 mln evro "Sanderlend" — 392 mln evro "Fulxem" — 328 mln evro "Ipsvich Taun" — 280 mln evro "Koventri Siti" — 251 mln evro "Hall Siti" — 113 mln evro.

Shu tariqa, ligada faqat "Manchester Siti", "Arsenal" va "Chelsi" tarkibining umumiy bozor qiymati 1 milliard evrodan yuqori baholangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ