logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Maxachev g'alabali seriya bo'yicha UFC rekordini yangiladi

 16 AVGUST, 2026, 12:32

Bugun AQSHning Filadelfiya shahrida UFC 330 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning markaziy jangida tashkilotning yarim o'rta vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Islam Maxachev irlandiyalik davogar Yen Machado Gerrini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, ushbu vazndagi kamarini ilk bor muvaffaqiyatli himoya qildi. Islam bu bilan UFC`da ketma-ket 17-g'alabasini qo'lga kiritib, 16 ta g'alabali seriyaga ega bo'lgan Anderson Silvaning rekordini yangiladi.

Ushbu jangdan so'ng Maxachev hisobida 29 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. Rossiyalik 34 yoshli aralash yakkakurash ustasi o'zining avvalgi jangida, Nyu-Yorkdagi UFC 322 turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenadan ustun kelgan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ