Ferran Torres "Barselona" tarixidagi eng qimmat sotuvlar orasida 4-o'ringa chiqdi
16 AVGUST, 2026, 12:30
Ferran Torresning "PSJ"ga transferi "Barselona" tarixidagi eng qimmat sotuvlardan biriga aylandi. Ispaniyalik hujumchi uchun Parij klubi taxminan 50 million evro to'lagan va u bu ko'rsatkich bo'yicha kataloniyaliklar tarixida 4-o'rinni egalladi. "PSJ" 26 yoshli futbolchi bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolagan.
Transfermarkt taqdim etgan reytingda birinchi o'rin Neymarga tegishli. Braziliyalik futbolchi 2017 yilda "PSJ"ga 222 million evro evaziga o'tgan. Keyingi o'rinlarni "Yuventus"ga 80,6 million evroga sotilgan Artur Melo va "Real"ga 60 million evroga yo'l olgan Luish Figu egallagan.
"Barselona" tarixidagi eng qimmat sotuvlar:
Neymar — "PSJ", 222 mln evro Artur Melo — "Yuventus", 80,6 mln evro Luish Figu — "Real", 60 mln evro Ferran Torres — "PSJ", 50 mln evro Usmon Dembele — "PSJ", 50 mln evro Aleksis Sanches — "Arsenal", 42,5 mln evro Paulino — "Guanchjou Evergrand", 42 mln evro Malkom — "Zenit", 41,5 mln evro Yasper Sillessen — "Valensiya", 35 mln evro Sesk Fabregas — "Chelsi", 33 mln evro.Ferran Torres "Barselona"ga 2022 yil yanvarda "Manchester Siti"dan 55 million evro evaziga kelib qo'shilgan edi. U kataloniyaliklar safida 207 ta o'yinda maydonga tushib, 65 ta gol urdi. So'nggi mavsumda esa 21 ta gol bilan jamoaning muhim hujumchilaridan biri bo'ldi.

