Messi ketma-ket uchinchi penaltini ham golga aylantira olmadi
16 AVGUST, 2026, 12:30
Argentinalik yulduz Lionel Messi MLS muntazam chempionati doirasidagi «Neshvill»ga qarshi uchrashuvda penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Bahs «Neshvill»ning 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning 23-daqiqasida mehmonlar foydasiga penalti belgilangan bo'lsa-da, mezbonlar darvozaboni Messining zarbasini qaytardi.
Shu tariqa, argentinalik futbolchi ketma-ket uchinchi penaltini ham golga aylantira olmadi. U bundan avval ham 2026 yilgi jahon chempionatida ikki marta penaltidan unumli foydalana olmagan edi.
Messi yaqinda otasining vafoti munosabati bilan «Inter Mayami» safidagi ishtirokini vaqtincha to'xtatgandi. U Argentinada bo'lib o'tgan janozada qatnashgani sababli Liga kubogi doirasidagi «Monterrey»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan.
Keyinchalik Messi jamoa safiga qaytdi va ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi, ammo hozircha samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.
Mazkur natijadan so'ng «Neshvill» 19 ta o'yindan keyin 43 ochko jamg'arib, Sharqiy konferentsiya peshqadami bo'lib turibdi. «Inter Mayami» esa 19 ta bahsda 38 ochko to'plab, ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Kelasi turda «Neshvill» safarda «Nyu-York Red Bulls» mehmoni bo'ladi. «Inter Mayami» esa mehmonda «Filadelfiya»ga qarshi maydonga tushadi.
