logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Real", "Barselona" va "Atletiko" bir futbolchiga qiziqmoqda

 16 AVGUST, 2026, 12:24

"AZ Alkmaar" yarim himoyachisi Kes Smit Ispaniya La Ligasi grandlarining transfer nishonida bo'lib turibdi.

Jurnalist Xose Feliks Diasning xabar berishicha, 20 yoshli futbolchiga "katta uchlik"ning barcha vakillari — "Barselona", Madridning "Real" va "Atletiko" klublari da'vogarlik qilmoqda. Shunga qaramay, transfer ushbu yozda amalga oshishi amrimahol: "qaymoqranglilar" tarkibni to'liq shakllangan deb hisoblashmoqda va kutilmagan holatlar bo'lmasa, hech kimni sotib olishni rejalashtirishmayapti; "ko'k-anorranglilar" bor e'tiborini Rodrining transferiga qaratgan; "matraschilar" esa maydon markazini Morten Yulmann bilan kuchaytirib olishdi va u uchun 40 million evro to'lashdi.

Transfermarkt talqiniga ko'ra Kes Smitning bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi, ammo "AZ Alkmaar" bundan ancha ko'p — 60 million evro so'ramoqda. Niderlandiyalik futbolchining shartnomasi 2028 yilda nihoyasiga etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ