"Chelsi" vingeri Pedru Netu "Al-Hilol" nishonida
16 AVGUST, 2026, 12:18
"Chelsi" futbolchisi Pedru Netu "Al-Hilol" klubining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Saudiya Arabistoni klubi 26 yoshli vingerni o'z safiga qo'shib olishga jiddiy da'vogarlik qilmoqda, deb xabar beradi insayder Fabritsio Romano. "Al-Hilol"ning short-listidan hujum qanotining uch nafar futbolchisi o'rin olgan bo'lib, portugaliyalik vinger ulardan biridir.
Transferning taqdiri "Chelsi"ning moliyaviy talablariga bog'liq bo'ladi. Netuga "Manchester Siti" ham qiziqish bildirgan edi, ammo "shaharliklar" belgilangan narxni juda yuqori deb hisoblashdi. Taniqli Transfermarkt portali Pedruning qiymatini 60 million evroga baholamoqda.
"Al-Hilol" Saudiya chempionatining o'tgan mavsumini ikkinchi o'rinda yakunladi. Simone Indzagi jamoasi yangi mavsumni "Al-Faysali" ustidan qozonilgan g'alaba (4:2) bilan boshladi.
