logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Karrager "Arsenal"ga maslahat berdi

 16 AVGUST, 2026, 12:12

Angliyalik sobiq futbolchi Jeymi Karrager Londonning "Arsenal" klubi Maylz Lyuis-Skellini qo'yib yubormasligi kerak, deb hisoblaydi.

Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, chap qanot himoyasida va yarim himoyada o'ynay oladigan 19 yoshli futbolchi "to'pchilar" safini tark etishi mumkin.

— Men "Arsenal" u bilan xayrlashish haqida hatto o'ylab ko'rishiga ham ishonmayman. Uni salohiyati juda yuqori — buni anglash uchun uning shu kungacha erishgan yutuqlariga qarashning o'zi kifoya. Faqatgina haqiqatan ham o'ta iqtidorli futbolchigina uning yoshida bunday darajada to'p sura oladi, — dedi Karrager The Overlap podkastida.

Maylz Lyuis-Skellining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan, Transfermarkt portalidagi transfer bahosi esa 45 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ