logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Yuventus" Emiliano Martines transferidan voz kechdi

 16 AVGUST, 2026, 12:12

"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines, jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, Birmingem klubi ixtiyorida qolishda davom etmoqda.

Insayder Fabritsio Romano berib o'tgan ma'lumotga ko'ra, "Yuventus" argentinalik posbon transferi bo'yicha yangi muzokaralar raundini o'tkazdi, ammo muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Jahon chempionati vaqtida Martinesning salomatligida muammolar yuzaga kelgani sababli, turinliklar hozirda boshqa nomzodlarni ham ko'rib chiqishmoqda. o'z navbatida "Aston Villa" "Parma" darvozaboni Dzion Suzuki transferi bo'yicha muzokaralarni ilgarilatmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda 33 yoshli Martines "Aston Villa" safida barcha turnirlarni hisobga olganda 44 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda u 49 ta gol o'tkazib yubordi va 14 marotaba o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ