logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Barselona" Kristofer Nkunku transferiga qiziqmoqda

 16 AVGUST, 2026, 11:42

"Milan" hujumchisi Kristofer Nkunku joriy yozda klubni tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "rossonerilar" frantsuz futbolchisini sotishga tayyor. Nkunkuga "Barselona" qiziqish bildirmoqda va kataloniyaliklar allaqachon futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan.

O'tgan mavsumda Kristofer Nkunku "Milan" safida barcha musobaqalar doirasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Frantsuz hujumchisining "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ