logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Nyukasl" Joau Palinya transferiga qiziqishini qayta tikladi

 16 AVGUST, 2026, 11:30

"Bavariya" yarim himoyachisi Joau Palinya faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirishi mumkin.

TEAMtalk ma'lumotiga ko'ra, "qarg'alar" "Bavariya" futbolchini "Aston Villa"ga ijaraga berishni rad etganidan keyin portugaliyalik yarim himoyachiga qiziqishini qayta tiklagan.

Avvalroq Myunxen klubi rahbariyati Palinyaga kelgusi rejalarda unga tayanmasligini ma'lum qilgan edi.

Qayd etilishicha, "Bavariya" endi futbolchini ijaraga berishni istamaydi va faqat to'liq transfer variantini ko'rib chiqmoqda. "Nyukasl" esa Palinyani sotib olishga tayyor, ammo Germaniya chempioni bilan maqbul shartlarda kelishuvga erishishni istamoqda.

Palinya o'tgan mavsumni "Tottenxem" safida o'tkazdi. U "shporlar" tarkibida barcha musobaqalar doirasida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ