logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mourino qo'ng'irog'idan so'ng bu futbolchi "Real"ni tanladi

 16 AVGUST, 2026, 11:24

"Real" bosh murabbiyi Joze Mourino hujumchi Karlos Espining Madrid klubiga o'tishida hal qiluvchi rol o'ynadi.

"Qaymoqranglilar" 21 yoshli futbolchini iyul oyi oxirida "Levante"dan 25 mln evro evaziga xarid qilgan edi. Jurnalist Gilermo Rai ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar jarayonida Mourinyu Espiga shaxsan qo'ng'iroq qilgan.

Portugaliyalik mutaxassis hujumchiga jamoadagi rolini tushuntirib, uni klassik 9-raqamli forvard sifatida ko'rayotganini aytgan.

"Real" transferga aloqador barcha shaxslardan muzokaralarni maksimal darajada maxfiy olib borishni so'ragan. Shu sababli kelishuv so'nggi lahzagacha sir tutilgan.

Espiga Angliya Premer-ligasining bir qator klublari ham qiziqish bildirgan. Biroq "Real" va Mourinyudan qo'ng'iroq olganidan keyin ispaniyalik futbolchida qaysi klubni tanlash borasida shubha qolmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ