logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Dastan Satpaev transferidan so'ng "Byornli"ning ijtimoiy tarmoqdagi obunachilari keskin oshdi

 16 AVGUST, 2026, 11:12

Angliyaning "Byornli" klubi Qozog'iston terma jamoasi hujumchisi Dastan Satpaev transferini e'lon qilganidan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda obunachilar soni keskin oshganiga guvoh bo'ldi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.

Ma'lumotga ko'ra, bir sutka ichida klub rasmiy akkauntidagi obunachilar soni taxminan 850 mingdan 926 ming nafarga etgan. Bu Chempionship klubi uchun yangi rekord sifatida qayd etilmoqda.

Satpaev 14 avgust kuni "Chelsi"dan "Byornli"ga 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar bir yillik ijara asosida o'tdi. Kelishuvga ko'ra, ijara haqi 350 ming evroni tashkil qiladi va futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi ko'zda tutilmagan.

Shuningdek, shartnomada "Byornli" Satpaevga etarlicha o'yin amaliyoti berishi shartligi haqidagi band ham mavjud.

18 yoshli forvardning transfer huquqlari "Chelsi"ga tegishli. U 12 avgust kuni London klubi bilan 2033 yilga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

15 avgust kuni Satpaev "Byornli" safida ilk mashg'ulotini o'tkazdi. Kutilishicha, qozog'istonlik hujumchi 16 avgust kuni Chempionship 1-turida "Vest Xem"ga qarshi bahsda yangi jamoasi safida debyut qilishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ