Enrike: "Uning transferi biz uchun ajoyib yangilik"
16 AVGUST, 2026, 11:00
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchi Ferran Torresning «Barselona»dan parijliklar klubiga o'tishi haqida fikr bildirdi.
«Ferran Torresning kelganidan xursandman. U eng yuqori darajadagi futbolchi. Biz uni juda yaxshi bilamiz. U bizning talablarimizga moslashadi va hujumda istalgan pozitsiyada o'ynay oladi.
Uning transferi biz uchun ajoyib yangilik», — deya murabbiyning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
